Gruziyaga kiritilmagan har uç xorijlikning ikki nafari özbekistonlik – statistika
Olam
−
09:12 878 2 daqiqa
Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida Gruziyaga kirişi rad etilgan xorijliklarning qariyb 67 foizi Özbekiston fuqarolari böldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hisobot davrida Gruziya aeroportlarida 711 nafar yölovçining mamlakatga kirişiga ruxsat berilmagan. Ularning 473 nafari Özbekiston fuqarolaridir.
Kirişga ruxsat berilmasligining asosiy sabablari safar maqsadini aniq tuşuntirib bera olmaslik, mehmonxona bronlari va qaytiş aviaçiptalari kabi tasdiqlovçi hujjatlarning yöqligi, tibbiy suğurta polisi mavjud emasligi hamda mamlakatda böliş uçun yetarli mablağ borligini tasdiqlay olmaslik bilan boğliq.
Ma’lumot uçun, 2026 yilning 1 yanvardan Gruziyaga turistik maqsadda borayotgan xorijiy fuqarolar uçun majburiy tibbiy suğurta talabi joriy etilgan. Unga köra, sayohatçilar tibbiy suğurta polisi va baxtsiz hodisalardan suğurtalanganlik töğrisidagi hujjatga ega bölişi kerak.
Suğurta polisi gruzin yoki ingliz tilida, qoğoz yoki elektron şaklda rasmiylaştirilişi mumkin. Suğurta summasi kamida 30 ming Gruziya larisi (taxminan 11,2 ming AQŞ dollari) bölişi, polis esa mamlakatda bölişning butun davrini qamrab olişi lozim.
“Gruziyaga safar qilişni rejalaştirayotgan fuqarolarga safar maqsadini oldindan aniq belgilaş, mehmonxona bronlari, qaytiş aviaçiptalari, tibbiy suğurta polisi va yetarli moliyaviy mablağ mavjudligini tasdiqlovçi hujjatlarni tayyorlab qöyiş tavsiya etiladi”, deyiladi tavsiya etgan agentlik xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq biometrik şaxsiy ma’lumotlarni yiğiş böyiça eksperiment boşlanganidan beri 70 mingga yaqin xorijlik çegara ötkaziş punktlari orqali Rossiyaga ötkazilmagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr