Tramp AQSH raketalari bilan Rossiyaga zarba berilishiga qarshi chiqdi
Olam
−
15:18
2494AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp AQSHning Rossiya hududiga uzoq masofali raketa hujumlarini uyushtirishiga qat’iy qarshi chiqdi. Bu haqda u “Time” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Rossiyaga yuzlab raketalarni uchirishga mutlaqo qo‘shilmayman”, degan Tramp.
Shuningdek, u Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda Amerika yordamidan Rossiyaga qarshi vosita sifatida foydalanishini aytgan.
“Biz shunchaki bu urushni kuchaytirmoqdamiz va uni yanada yomonlashtiryapmiz”, degan u.
Saylov poygasi chog‘ida Tramp Rossiyaning Ukraina bilan urushini “24 soat ichida” tugatishga va’da bergan edi. Biroq jurnalistlar bilan suhbatda siyosatchi tinchlik o‘rnatish u o‘ylaganidan ko‘ra qiyinroq bo‘lishini tan olgan, lekin intervyu davomida Tramp qayta-qayta takrorlab kelayotgan kelishuv yaqinda amalga oshirilishini ham eslatib o‘tgan.
“Men kelishuvga erishmoqchiman va buning yagona yo‘li – rad etmaslik”, degan Tramp
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari shu qishda boshlanishi mumkinligini aytgandi.
19 noyabr kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari Bryansk viloyati Karachev shahri yaqinidagi o‘q-dorilar omboriga AQSHning ATACMS raketalari yordamida zarba bergandi. Bu bilan Ukraina Rossiyadagi nishonlarga nisbatan birinchi marta uzoq masofali Amerika raketalarini qo‘lladi. 20 noyabrda esa Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi nishonga birinchi marta Britaniyaning Storm Shadow raketalarini otgani xabar qilindi.
21 noyabr kuni Rossiya o‘zining o‘rta masofali “Oreshnik” ballistik raketasini Ukrainadagi ob’ektga qarata uchirdi. 25 noyabr kuni Ukraina Kursk viloyatiga ATACMS raketalari bilan hujum uyushtirdi.
LiveBarchasi