Germaniya Rossiya Ukrainaga tajovuz qilsa, chora ko‘rishini ma’lum qildi

Olam

image
Zelenskiyning idorasi AQSH va Germaniyani tanqid qildi  north_east

Zelenskiyning idorasi AQSH va Germaniyani tanqid qildi 

AQSH va Germaniyaning Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qo‘shma bayonoti Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilindi.  

Tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, Rossiyaning “energiyadan qurol sifatida foydalanishga yoki Ukrainaga qarshi tajovuzkor harakatlarni amalga oshirishga” urinishlari sodir bo‘lgan taqdirda, Germaniya Rossiyaning eksport imkoniyatlarini cheklash choralarini ko‘radi. 

Ushbu choralar sanksiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin, ta’kidlanishicha, Berlin ularni nafaqat milliy, balki Yevropa darajasida ham qabul qilishi kerak. 

“Qo‘shma Shtatlar va Germaniya Ukraina orqali gaz tranziti 2024 yildan keyin ham davom etishi Ukraina va Yevropaning manfaatlariga mos keladi, degan fikrda. Ushbu ishonchga muvofiq, Germaniya Ukraina va Rossiya o‘rtasida gaz tranziti shartnomasining 10 yilga uzaytirilishini ta’minlash uchun mavjud barcha dastaklardan foydalanishni o‘z zimmasiga oladi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, gaz tranzitini uzaytirish masalasini hal qilish uchun Berlin maxsus vakil tayinlashi kerak. 

Bundan tashqari, Germaniya Ukrainaning energiya almashinuvi, energiya samaradorligi va energiya xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash uchun “yashil fond” yaratish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Qayd etilishicha, Berlin ushbu jamg‘armaga kamida 175 million dollar miqdorida dastlabki xayriya mablag‘larini o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Angela Merkel Vashingtonda muzokaralar o‘tkazib, “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasi to‘g‘risida fikr almashgandi.   

Ma’lumot o‘rnida, “Shimoliy oqim-2” loyihasi Boltiq dengizi tubi bo‘ylab har birining uzunligi 1,2 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan ikkita gaz quvur liniyasini qurishga asoslangan. Ular orqali Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya dengiz hududlaridan Germaniyaga gaz yetkazib beriladi. Loyiha “Shimoliy oqim-2” AG tomonidan boshqariladi (uning yagona aksiyadori — “Gazprom”). Quvurning birinchi qatorini qurish ishlari, allaqachon, yakunlangan. Ikkinchi quvurni yotqizishni avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Rossiya Ukraina

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing