Zelenskiyning idorasi AQSH va Germaniyani tanqid qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Bayden va Merkel Rossiyaning boshog‘riq bo‘layotgan loyihasi haqida gaplashdi north_east

Bayden va Merkel Rossiyaning boshog‘riq bo‘layotgan loyihasi haqida gaplashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Matbuot kotibi Sergey Nikiforov Ukraina suvereniteti va uning hududi orqali gaz tranziti masalalarida mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda Vashington va Berlin tomonidan o‘ziga xos aniqlik bo‘lmaganidan shikoyat qildi. Bu haqda Ukraina Prezidentining rasmiy saytida xabar berilgan.  

Press-reliz AQSH Prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasidagi “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishi muhokama qilingan muzokaralardan so‘ng e’lon qilingan. 

Xabarda Nikiforov Bayden va Merkelga Ukrainaning “hududiy yaxlitligi” qo‘llab-quvvatlanishi va gaz tranzitini davom ettirish masalasida yordam berilishi uchun minnatdorlik bildirgan. 

“Biz qiziq biron bir narsa eshitmadik: tomonlar buni ta’minlashga qanday harakat qiladi? Prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan talab qilingan aniq narsalarni eshitmadik”, deya ta’kidlagan, shuningdek, Nikiforov. 

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Angela Merkel Vashingtonda muzokaralar o‘tkazgandi. Bayden va Merkel uchrashuv davomida “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasi to‘g‘risida ham fikr almashgandi.   

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Boltiq dengizi tubi bo‘ylab har birining uzunligi 1,2 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan ikkita gaz quvur liniyasini qurishga asoslangan. Ular orqali Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya dengiz hududlaridan Germaniyaga gaz yetkazib beriladi. Loyiha “Shimoliy oqim-2” AG tomonidan boshqariladi (uning yagona aksiyadori — “Gazprom”). Quvurning birinchi qatorini qurish ishlari, allaqachon, yakunlangan. Ikkinchi quvurni yotqizishni avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Zelenskiy

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing