Germaniya kansleri AQSH Senatida o‘zining “egizagi”ni topdi 

Olam

image

Ayni damda rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turgan Germaniya kansleri Olaf Shols kutilmagan hodisaga duch keldi. Shunday qilib, Vashingtondagi muzokaralar chog‘ida u o‘ziga juda o‘xshash bo‘lgan demokrat senator Kris Kun bilan uchrashdi va bu lahzani abadiylashtirishga qaror qildi. 

Shols  o‘zining X akkauntida amerikalik senator bilan tushgan suratini jamoatchilikka ulashgan. 

"Mening "Doppelganger"im (o‘xshashim) Kris Kunsni yana ko‘rish juda yoqimli", degan u postida. 

Shuningdek, Kuns ham Sholsning postini ilova qilib, “Qaysi birimiz kansler?” deya post qoldirgan. 

Ma’lumot uchun, Kuns 1963 yilda AQSHning Konnektikut shtatining Grinvich shahrida tug‘ilgan, ingliz va irland millatiga mansub. 2021 yildan AQSH Senatining axloq qo‘mitasi raisi, demokratlar partiyasi a’zosi.

2021 yildan Germaniya kantsleri vazifasini bajarayotgan Olaf Shols 1958 yilda Quyi Saksoniyaning Osnabryuk shahrida tug‘ilgan, ammo Gamburgning Rahlstedt tumanida o‘sgan. 17 yoshidan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In, milliarder Ilon Mask va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiylarning qiyofadoshlari ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh senator Olaf Shol'ts qiyofadosh Kris Kun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing