G‘azo sektoridagi yana 18 ta shifoxona faoliyatini to‘xtatdi
Olam
−
08 noyabr 2023
3941Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan havo va quruqlikdagi hujumlar ortidan G‘azo sektoridagi 18 ta shifoxona faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.
“G‘azo sektoridagi jami 18 shifoxona va yana 8 ta davlat muassasasi o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. G‘azo shifoxonalaridagi vaziyat halokatli, buni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Ayniqsa shimoliy hududlarda dori-darmon, oziq-ovqat, yoqilg‘i yetishmovchiligi mavjud”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, joriy yilning 6 noyabr kuni Qatarning “Al Jazeera” telekanali 7 oktyabrdan buyon anklavda halok bo‘lganlar soni 10 ming 22 nafarga yetganini, ulardan kamida 4104 nafari bolalar ekani haqida xabar qilgandi.
Kecha, 7 noyabr kuni esa Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni kamida 10328 kishini tashkil etishini ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich har 24 soat ichida 300 dan ortiq odam halok bo‘lganini anglatadi.
LiveBarchasi