Braziliyaning qamoqdagi sobiq prezidenti şoşlinç şifoxonaga yotqizildi
Olam
−
11:53 286 2 daqiqa
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru içak tutilişi sababli şifoxonaga yotqizildi. 71 yoşli siyosatçining qorin qismida oğriq va şiş paydo bölgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 20 noyabr kuni Bolsonaru Braziliya poytaxti Braziliadagi şifoxonaga olib borilgan. Şifokorlar ötkazgan tekşiruvlar uning içagida tutiliş mavjudligini körsatgan.
Bolsonaroning şifokori Brazil Kayadoning jurnalistlarga ma’lum qilişiça, hozirda sobiq prezidentning ahvoli nazorat qilinmoqda. Unga oğriq qoldiruvçi dorilar berilmoqda. Şifokorlar jarrohlik aralaşuvisiz içak tutilişini bartaraf etişga harakat qilmoqda.
Qayd etilişiça, Bolsonaru 2019–2022 yillarda Braziliyaga prezidentlik qilgan. U 2018 yilda saylovoldi tadbirlari vaqtida qorin qismidan piçoqlangan va şundan buyon bir neça bor şifoxonaga yotqizilib, jarrohlik amaliyotlarini boşdan keçirgan.
Ma’lumot uçun, Jair Bolsonaru 2022 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silvaga mağlub bölganidan keyin davlat töntarişini rejalaştirişda aybdor deb topilgan. U ötgan yildan buyon 27 yillik qamoq jazosini ötamoqda. Tibbiy sabablarga köra esa, sobiq prezidentga insonparvarlik asosida uy qamoğida bölişga ruxsat berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Braziliyada prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari Lula da Silvaga yutqazgan senator Flavio Bolsonaru sudning mamlakatdan çiqiş taqiqiqa qaramay, AQŞga qoçib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi