Braziliya 6 kunlik iş haftasidan voz keçdi

Olam

−

image

Braziliyada joriy yilning 16 dekabridan boşlab xodimlar haftasiga beş kun işlaşi va ikki kun haq tölanadigan dam oliş huquqiga ega böladi. Mamlakat Prezidenti Lula da Silva 6 kunlik iş haftasini bekor qilişni tartibga soluvçi farmonni imzoladi. Bu haqda joriy yilning 19 noyabr kuni Braziliya hukumati rasmiy saytida e’lon qilindi.

Yangi tartibga köra, iş haftasi bosqiçma-bosqiç qisqartiriladi. 2026 yilning 16 dekabrdan haftalik iş vaqti 44 soatdan 42 soatga tuşiriladi. 2027 yil dekabridan esa bu körsatkiç 40 soat etib belgilanadi.

Şu bilan birga, xodimlarning iş haqi kamaytirilmaydi. Yangi tartib haftasiga köpi bilan beş kun işlaş va ikki kun dam olişni nazarda tutadi.

Farmonda ayrim istisnolar ham belgilangan. Jumladan, parvariş xizmati, şifoxonalar va qöriqlaş kabi ayrim sohalarda 12 soat işlaş va 36 soat dam oliş tartibi saqlab qolinadi. Bunda haftalik iş vaqti böyiça belgilangan çeklovga rioya etilişi kerak.

Marosimda sözga çiqqan Lula da Silva iş vaqtini qisqartiriş xodimlarning hayot sifatini yaxşilaşini ta’kidladi. Uning aytişiça, dam olgan xodim samaraliroq işlaydi va körsatiladigan xizmat sifati ham oşadi.

Şuningdek, prezident hukumat dam oliş kunlari jamoat transportida bepul qatnovni ham ta’minlaşini ma’lum qildi. Bu taşabbus fuqarolarning hordiq çiqarişi va hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan.

Qayd etilişiça, 6 kunlik iş haftasini bekor qilişga qaratilgan PEC 221/2019 konstitutsiyaviy tuzatiş loyihasi joriy yilning oktyabr oyida Kongress tomonidan ma’qullanib, prezident tomonidan tasdiqlangan. Imzolangan farmon esa uşbu tartibni amaliyotga joriy etiş mexanizmlarini belgilaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Braziliya Senati iş haftasini 44 soatdan 40 soatgaça qisqartiradigan va xodimlarga ikki kunlik dam oliş kunini beradigan konstitutsiyaga kiritilgan tuzatişni qöllab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing