Hakam bir öyinda 53 ta qizil kartoçka körsatdi (video)

Sport

−

image

Braziliyaning U-20 yoşlar çempionati ikkinçi divizioni yarim finalida “Uberlandiya” va “Mamore” jamoalari örtasidagi uçraşuvda hakam 53 ta qizil kartoçka körsatdi. Bu haqda “CNN Brasil” xabar berdi.

Joriy yilning 1 noyabr kuni Uberlandiya şahrida ötkazilgan bahs 3:1 hisobida “Mamore” foydasiga yakunlangan. Xabarga köra, “Mamore”ning uçinçi golidan keyin jamoa futbolçisi Davi raqiblarga nisbatan provokatsion işoralar qilib, ularni haqoratlagan. Şundan söng, maydonda ommaviy muştlaşuv boşlangan.

Oqibatda “Uberlandiya”ning 24 nafar, “Mamore”ning esa 29 nafar futbolçisi qizil kartoçka bilan maydondan çetlatilgan. Şuningdek, murabbiylar ştabi va jamoa rasmiylarining bir neçta vakili ham jazolangan.

Hakam öz hisobotida ommaviy muştlaşuv ikkinçi bölimning 54-daqiqasida boşlanganini qayd etgan. Uning ta’kidlaşiça, tartibsizliklar sababli qizil kartoçkalarni körsatiş va uçraşuvni belgilangan tartibda yakunlaş imkoni bölmagan. Şu bois u xavfsizlik çoralari ta’minlanmagani sababli bahsni töxtatişga qaror qilgan. Muştlaşuv vaqtida futbolçilar bir-birlarini muştlagan, tepgan va futbolçilar hamda murabbiylar ştabi a’zolariga turli buyumlarni otgan.

Mazkur uçraşuvda körsatilgan 53 ta qizil kartoçka futbol tarixidagi eng yuqori körsatkiç sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord 2011 yil 27 fevralda Argentina beşinçi divizionida “Kleypol” va “Viktoriano Arenas” jamoalari örtasidagi bahsda örnatilgan. Öşanda hakam 36 ta qizil kartoçka körsatgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing