FXX Qrim ko‘prigidagi portlash tashkilotchisini aniqladi. 8 kishi qo‘lga olindi
Olam
−
12 Oktabr 2022
24851Rossiya Federalxavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigidagi portlash yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoyatni tayyorlashda ishtirok etganlikda gumon qilingan besh nafar Rossiya, uch nafar Ukraina va Armaniston fuqarolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Rossiya razvedka xizmati xabariga ko‘ra, FXX va Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, uning boshlig‘i Kirill Budanov, xodimlari va agentlari bo‘lganini aniqlagan.
Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, tergovchilar hodisaga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kishini aniqlagan.
Tergov ko‘prikda ishga tushirilgan portlovchi qurilma umumiy og‘irligi 22 770 kilogramm bo‘lgan 22 dona qurilish poliyetilen plyonkasi bilan o‘ralgan rulonlarda yashirilgan, degan xulosaga kelgan. FXX ma’lumotlariga ko‘ra, bomba avgust oyi boshida Odessadan Bolgariyaga, u yerdan Armaniston, Gruziya va keyin Rossiyaga yuborilgan.
Qrim ko‘prigida portlash
Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida portlash yuz berdi va natijada poyezdagi sisternalarda yong‘in chiqdi. Rossiya huquq-tartibot idoralari ko‘prikda yuk mashinasi portlatilganini ma’lum qildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik moddasi bilan jinoiy ish ochdi.
Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak hodisaga munosabat bildirib, bu boshlanishi ekanini, noqonuniy qurilgan barcha narsa yo‘q qilinishini ta’kidladi.
Prezident Vladimir Putin buyrug‘i bilan hodisani o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019 yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.
LiveBarchasi