Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborganlarga berilgan jazo bekor qilindi
3-sahifa
−
20 iyun 2023
19351Farg‘onada bir necha kishi qafasga solingan mushukni tiriklayin yoqib yuborgani haqida xabar bergan edik. Ularga nisbatan tayinlangan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi bekor qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan bekor qilingan.
Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) hamda 189-1-moddasi (tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan bayonnoma ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida erkak qo‘shnisining itini sudragandi. Toshkent shahri Yashnobod tumanida esa beshta mushukni qiynab, ulardan birini o‘ldirgan yigitga chora ko‘rilgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda 16 yoshli bola mushukning bo‘yniga ip bog‘lab sudragani va Toshkentda mushukni 3-qavatdan uloqtirgan bolaning otasi jazolangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr