Toshkentda mushukni 3-qavatdan uloqtirgan yigitchaning otasi jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigit R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 3-qavatidan mushukni uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 may kuni R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 17 yoshli o‘quvchisi X.O. mushukni 3-qavatdan uloqtirgan. Holat esa 16 yoshli Sh.A. tomonidan videoga olinib, internetga tarqatilgan.

Huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgani sababli uning otasi, 46 yoshli U.E. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jarimaga tortilgan.

Voqea yuzasidan bolalar va otaga bunday huquqbuzarlik uchun mavjud ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing