Qashqadaryoda 16 yashar bola mushukni bo‘ynidan ip bog‘lab, uni sudradi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit mushukning bo‘yniga ip bog‘lab, uni sudrab yurgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 iyul kuni soat taxminan 08:30 larda Chiroqchi tumani "Obod" MFYda yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan A.M. Ko‘kdala tumani Xo‘jaobod mahallasida yashovchi amakisi A.A.ni uyiga mehmonga borib, xonadon egasiga tegishli bo‘lgan uy mushugiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan A.M. voyaga yetmaganligi sababli uning otasi H.A.ga nisbatan Chiroqchi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori tomonidan MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur modda bilan ayblanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. BHMning 1 baravari — 300 ming so‘m.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 iyul kuni Jizzaxda Xitoyda tug‘ilgan o‘zbek–xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi shaxs tirik itni olovda kuydirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing