Toshkent viloyatida erkak avtomobilida qo‘shnisining itini sudradi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning Nexia avtomobilida itni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va ish sudga yuborilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia avtomobilida qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan itni farzandlarini tishlamoqchi bo‘lgani uchun arqon bilan mashinaga bog‘lagan holda sudrab, yashash manzilidan dala maydoniga olib borgan. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari u bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudiga yuborilgan. 

“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada fuqarolar mushukni tiriklayin yoqib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing