Toshkentda yigit jonivorlarni shavqatsizlarcha o‘ldirdi. IIBB uning shaxsini aniqladi
Jamiyat
−
22 noyabr 2021
14241Ijtimoiy tarmoqda yosh yigit hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holatga munosabat bildirib, jonivorlar bilan shavqatsiz munosabatda bo‘lgan yigitning shaxsi aniqlanganini ochiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda noma’lum shaxs Yashnobod tumanida mushuklarni qiynagani va o‘ldirganini ko‘rish mumkin. Videoda 16-20 yosh atrofidagi yigit mushuklarni paket yordamida aldab ushlagan va ularni podezdga olib kirib, qiynagani tasvirlangan. 40 daqiqa ichida u beshta mushukni qiynagan va ularning birini o‘ldirgan.
“Internet tarmog‘ida shavqatsizlik qilingani oqibatida halok bo‘lgan hayvonlar bilan bog‘liq fakt to‘g‘risida xabar tarqamoqda. Ushbu holat 2021 yil 16 noyabr kuni taxminan soat 15:00 da Yashnobod tumanida kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan”, deyiladi xabarda.
Videodagi yigit 20 yoshli I.A. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Yigit Yashnobod tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazildi, suhbat davomida u qilmishiga iqror bo‘ldi. Hozirgi vaqtda mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi.
LiveBarchasi