Falastin XJSdan G‘azodagi shifoxonaga qilingan hujumni tergov qilishni so‘radi
Olam
−
19 Oktabr 2023
6458Falastin milliy ma’muriyati Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan G‘azodagi shifoxonaga qilingan raketa hujumini tergov qilishni so‘radi. Bu haqda kecha, 18 oktyabr kuni Falastinning Fransiyadagi vakili Hala Abu Hasira ma’lum qildi.
"Falastin davlati bugun Xalqaro jinoiy sudga ushbu jinoyatni tergov qilish uchun ariza topshirdi. Bizga xalqaro tergov kerak", degan Hala Abu Hasira.
Hasiraning so‘zlariga ko‘ra, u raketa hujumida Isroil aybdor ekanligiga shubha qilmaydi.
"Yagona javobgar Isroil. Bu Isroil fuqarolik infratuzilmasini va ayniqsa shifoxonalarni nishonga olgan birinchi holat emas", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum qilinishi oqibatida 800 kishi halok bo‘lgandi. Ushbu hujum fonida AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Iordaniyaga tashrifini qoldirgandi. Falastin Prezidenti Mahmud Abbos ham Al-Ahli shifoxonasiga qilingan hujum munosabati bilan Iordaniyaga tashrifini to‘xtatdi.
LiveBarchasi