Fyuri Usikni ezib tashlamoqchi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WVC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Tayson Fyuri (31-0) WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik (19-0) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi. 

“Lo‘lilar qiroli” ukrainalik “mushuk”ning zarbalariga bardosh bera olishiga ishonch bildirdi. 

“Kim bilan jang qilish men uchun qiziq emas. Men bu kichkina bokschi bilan jang qilishga rozi bo‘laman va unga yaxshi zarba bera olaman. Men xuddi Deontey Uaylder bilan bo‘lganidek, uning ustidan yuk mashinasi kabi yugurib o‘taman. Keyin men uni orqaga burib, yana ishga tushiraman. Kelasi yilning fevral yoki mart oylarida bu jang million foiz o‘tkaziladi. Aks holda, men barcha promouterlarimni ishdan bo‘shatib, o‘z promouterlik tashkilotimni yarataman. Nomini, albatta, “Lo‘lilar qiroli” deb atayman”, deydi Fyuri. 

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri 10 oktyabr kuni amerikalik Deontey Uaylderni (42-2) nokautga uchratib, o‘ziga tegishli WBC va The Ring titulini saqlab qolgan edi.

Aleksandr Usik esa joriy yilning 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshuaga (24-2) qarshi jang o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonan va WBA, IBF, WBO hamda IBO  chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Tayson F'yuri IBF WBO IBO Aleksandr Usik Jahon chempionligi

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing