Eron Isroildagi qurolli to‘qnashuvlarga aloqadorligini rad etdi

Olam

image

G‘arb matbuotida HAMASning Isroilga hujumi ortida Eron turgani haqidagi da’volar tarqalgandi. Eron tomoni buni rad etdi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Ali Karimi Makam ma’lum qildi.

Ali Karimi Makam falastinliklarning harakatlariga aloqador bo‘lmaganiga qaramay, Tehron ular bilan birdam ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMASning harakatlari “qonuniy o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqi”ga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.  G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlarida 436 kishi, jumladan 91 bola halok bo‘lgan va 2270 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda 15 nafar falastinlik Isroil o‘qlaridan halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil matbuoti 700 kishi halok bo‘lgani va 2300 dan ortiq isroillik jarohat olgani haqida xabar bergan.

Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing