Erdo‘g‘an Isroilning harakatlarini “terror” deb baholadi

Olam

image

Bugun, 10 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Bu haqda “Anadolu” yozmoqda.

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqalar bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil politsiyasining bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va falastinliklarga qarshi zo‘ravonliklari haqida fikr almashilgan.

Turkiya Prezidenti Isroilning Quddusdagi xatti-harakatlari nafaqat musulmonlarning, balki butun insoniyatning qalbini og‘ritayotganini ta’kidlagan.

Erdo‘g‘an falastinliklarning huquqlari poymol qilinayotganini keskin qoralab, Isroilning Quddusdagi harakatlarini “terror”, deb atagan. 

Turkiya Prezidentining ta’kidlashicha, Anqara butun dunyo hamjamiyati, shu jumladan islomiy davlatlarning Falastinda Isroil tomonidan uyushtirilgan terror va bosqinchilik siyosatini to‘xtatishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

“Turkiya Falastinning haq ishini qo‘llab-quvvatlashda, Falastin xalqining yonida turishda va Quddusning muqaddasligini himoya qilishda davom etadi”, deydi Turkiya rahbari.

Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu falastinliklarga qaratilgan mamlakat politsiyasining zo‘ravonliklarini barcha insonlarning huquqlarini ta’minlash uchun kurash, deb baholagan va ularni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 7 may – Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan odamlar taroveh namozini o‘qiyotgan ushbu masjidga hujum qilgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqargan. Chunki bu yerlarga yahudiylar da’vo qilib keladi.

Ushbu voqea yuzasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an islomiy mamlakatlar va butun dunyo jamoatchiligini okkupatsiya qilingan Sharqiy Quddusdagi falastinliklarni o‘z uylaridan zo‘rlik bilan chiqarib yuborayotgan Isroilning agressiv harakatlariga nisbatan samarali qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Isroil rasmiylarining Sharqiy Quddusdagi harbiy amaliyotini “qonunbuzarlik” deb atab, ular sodir bo‘lgan voqea uchun falastinliklardan kechirim so‘rashi kerakligini ta’kidladi

Bungacha BMT Isroilni har qanday hujumlarni bekor qilish va namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmaslikka chaqirgan bo‘lsa, AQSH vaziyatning keskinlashganidan qattiq xavotirda ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an Falastin Anqara Isroil

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing