Isroil-Falastin mojarosi: Quddusda tartibsizlik va to‘qnashuvlar boshlandi
Olam
−
08 may 2021
10375Kecha, 7 may – Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Isroil sudining Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori odamlarni g‘azablantirgan. Chunki bu yerlarga yahudiylar da’vo qilib keladi. Shundan so‘ng Al-Aqso masjidi oldida norozilik boshlanib ketgan.
Falastinning rasmiy agentligi WAFA'ning xabar berishicha esa, Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidiga odamlar taroveh namozini o‘qiyotganda hujum qilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum paytida 13 falastinlik Isroil politsiyasi tomonidan hibsga olingani aytilmoqda.
Falastin qizil yarim oy jamiyatining xabariga ko‘ra, Isroil politsiyasi tomonidan 205 nafar falastinlik musulmon jarohatlangan.
Isroil huquq-tartibot idoralarining ta’kidlashicha, Al-Aqso masjidi oldida minglab odamlar shom namozidan so‘ng to‘planib, tartibsizliklarni keltirib chiqargan.
Politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborishga harakat qilganida, olomon Isroil politsiya xodimlariga qarata tosh va shisha idishlarni uloqtira boshlagan. Politsiya bu holatda namoyishchilarni rezina o‘qlar va karaxt qiluvchi granatalar bilan to‘xtatishga harakat qilgan.
BMTning ta’kidlashicha, “Isroil har qanday hujumlarni bekor qilishi va namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmaslik choralarini qo‘llashi kerak”.
Shuningdek xalqaro hamjamiyat Sharqiy Quddusdagi falastinlik oilalarni ko‘chirish bo‘yicha sud qarorini ma’qullamagan.
AQSH Davlat departamenti vakili Vashington "vaziyatning keskinlashganidan qattiq xavotirda" ekanligini aytib o‘tgan.
Yevropa Ittifoqi esa har ikki tomon aybdorlarini topib, javobgarlikka tortish kerakligini aytgan.
BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Tor Vennesland barcha tomonlarni "tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga va muqaddas joylarni hurmat qilishga" chaqirdi.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligining tomonidan Quddusdagi tartibsizliklar bo‘yicha berilgan bayonotda Ramazon oyidagi bu hujum barcha inson huquq va normalariga zid ekani ta’kidlangan va Isroil politsiyasining bu harakat qoralangan.
Isroil tomoni Quddusdagi to‘qnashuvlarda kamida 163 nafar falastinlik musulmon va 6 nafar isroillik politsiya xodimi jarohat olgan.
Sardor Ali Nurmatov
LiveBarchasi