Erdo‘g‘an BAA Prezidentiga ham mashina sovg‘a qildi
Olam
−
20 iyul 2023 5615 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 19 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklariga bordi va Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga Turkiyada ishlab chiqarilgan Togg elektromobilini sovg‘a qildi.
Erdo‘g‘an Abu-Dabi shahridagi al-Vatan saroyida rasmiy marosim bilan kutib olingan. So‘ng Prezidentlar o‘rtasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvdan so‘ng Turkiya rahbari BAA Prezidentiga mahalliy Togg elektromobilini sovg‘a qilgan.

BAA Prezidenti elektromobilning xususiyatlari bilan tanishgan va uning yonida suratga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-18 iyul kunlari Saudiya Arabistoni va Qatarga borgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga ham Togg elektromobilini sovg‘a qilgan edi. Bundan avval ushbu elektromobil O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevga sovg‘a qilingandi.
Live
Barchasi