Erdo‘g‘an aytganini qildi – FT
Olam
−
18 may 2022
38913Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalarini ko‘rib chiqish jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda FT manbalari xabar berdi.
“NATO elchilari chorshanba kuni Finlyandiya va Shvetsiya o‘z arizalarini topshirgan kuni qabul muzokaralarini boshlash uchun uchrashgan, biroq Anqaraning to‘sqinlik qilishi har qanday ovoz berishni to‘xtatdi”, degan manba.
Qayd etilishicha, bu alyansning Skandinaviya mamlakatlari arizasining birinchi bosqichi bo‘yicha bir-ikki hafta ichida kelishib olish imkoniyatini shubha ostiga qo‘yadi.
Yangi a’zoning qo‘shilish jarayonini boshlash uchun NATOga a’zo 30 ta davlatning barchasi ularni ratifikatsiya qilishi kerak. Biroq jarayon blokka qabul qilish bayonnomasini e’lon qilgandagina va ushbu mamlakatlarni alyansga qo‘shilishga rasman taklif qilgandagina boshlanishi mumkin.
Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi.
Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.
Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishi aytildi.
11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala davlatga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.
13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Bunga ikki davlat Turkiya terrorchi deb tan PKK'ni ko‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatildi.
18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya rasman NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Erdo‘g‘an esa Turkiya ushbu ikki davlatning NATOga kirishiga yo‘l qo‘yib, Gretsiya bilan yo‘l qo‘ygan xatosini takrorlamasligini aytdi.
LiveBarchasi