Endi “Open budget” uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnat deb baholanadi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga ko‘ra, endilikda "Tashabbusli budjet" uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, ushbu qarorda tizimga oid bir qator vazifa va qoidalar belgilangan. Qarorga ko‘ra, "Open budget"da 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 1309 ta loyiha uchun ham qo‘shimcha 1,3 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. 

Joriy yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan 2 975 ta loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi qat’iy nazoratga olinadi. Bunda:

  • jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;
  • qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib avgust oyi belgilanadi;
  • tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi;
  • tashabbusli byudjet jarayonida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmini tanqidiy ko‘rib chiqish, jumladan keng jamoatchilik bilan muhokama qilgan holda takliflar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda o‘qituvchilar "Open budget" uchun ovoz yig‘ishga majburlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan "Open budget"ga ovoz yig‘ish uchun 10 ming so‘mdan pul yig‘dirilgandi. Keyinroq o‘sha maktab direktori ishdan olingan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Open budget ovoz yig'ish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing