“Open budget”ning yangi mavsumi qachondan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 iyulidan boshlab “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi.

Bunda:

  • 15 iyuldan 3 avgustgacha – loyihalarni kiritish;
  • 4-18 avgust kunlari – loyihalarni saralash;
  • 19-21 avgust kunlari – targ‘ibot bosqichi;
  • 22-31 avgust kunlari – ovoz berish bosqichi;
  • 1-10 sentyabr kunlari – qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi birinchi mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 47 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing