“Open budget” qatnashchilari ogohlantirildi
Jamiyat
−
13:14 1858 1 daqiqa
Davlat mehnat inspeksiyasi “Open budget” uchun xodimlarni majburiy ravishda ovoz berish yoki ovoz yig‘ishga jalb qilish holatlari haqida xabar berishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, xodimlarni majburiy tarzda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilish mehnat qonunchiligiga zid hisoblanadi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Agar xodimlarni majburiy ravishda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilish holati aniqlansa, tegishli loyiha “Tashabbusli byudjet” jarayonidan chetlatilishi mumkin. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Davlat mehnat inspeksiyasi bunday holatlarga duch kelgan fuqarolarni 1176 qisqa raqamiga murojaat qilishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish evaziga pul mukofotlari va’da qiluvchi norasmiy Telegram-botlaridan foydalanish holatlari yuzasidan fuqarolarni ogohlantirgan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust