“Open budget” boshlandi
Jamiyat
−
14:51 1115 1 daqiqa
Bugun, 22 avgust kuni “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi ikkinchi mavsumi doirasida loyihalar uchun ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ovoz berish jarayoni joriy yilning 31 avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Fuqarolar o‘zlari ma’qul deb topgan loyihalarni bir necha usul orqali qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Jumladan,
- “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;
- portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
- Telegram’dagi rasmiy bot yordamida .
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tashabbusli byudjet”ning ovoz berish bosqichida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri ishtiroki vaqtinchalik cheklangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 23 551 ta loyiha kelib tushgan bo‘lib, shulardan 20 254 tasi ishchi komissiyalar tomonidan saralash bosqichidan ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan.
Live
Barchasi