Emina Erdo‘g‘an NATO kechasiga 9 yil oldingi ko‘ylagida bordi

Olam

image

Kecha, 7 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an Anqaradagi NATO sammiti doirasida o‘tgan rasmiy kechki ovqat marosimiga 9 yil oldingi eski ko‘ylagida bordi.

Odatda birinchi xonimlar yirik xalqaro sammitlar, davlat qabullari va diplomatik tadbirlarda yangi obrazlarni tanlashga intiladi. Biroq Emine Erdo‘g‘an avval ham jamoatchilik e’tiborini tortgan to‘q ko‘k rangdagi, turk milliy uslubi elementlari mujassam bo‘lgan libosini yana tanlagan.

Turkiyaning birinchi xonimi ushbu libosni 9 yil avval – 2017 yil 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasining tashkil topgan kuni munosabati bilan Prezidentlik majmuasida o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ham kiygan.

Shuningdek, Emine Erdo‘g‘an 2019 yil 3 dekabr kuni Londonda NATOning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan NATO yetakchilari uchun rasmiy qabul marosimida ham aynan shu libosda bo‘lgan.

NATO doirasidagi rasmiy kechki ovqat marosimida Emine Erdo‘g‘an Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan birgalikda NATOga a’zo davlatlar rahbarlari va ularning turmush o‘rtoqlarini Prezidentlik majmuasining kirish qismida kutib olgan. Marosimda davlat va hukumat rahbarlaridan tashqari birinchi xonimlar ham ishtirok etgan. Ularning aksariyati tadbir uchun yangi obrazlarni tanlagan bo‘lsa, Emine Erdo‘g‘anning yillar o‘tsa-da yana aynan shu ko‘ylakni tanlagani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron NATOning Anqaradagi sammiti doirasida o‘tkazilgan rasmiy kutib olish marosimida Emine Erdo‘g‘anning qo‘lini o‘pishga harakat qilgandi. Biroq Emine Erdo‘g‘an qo‘lini tortib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Anqaradagi NATO sammiti doirasida o‘tgan rasmiy kechki ovqat marosimi bu safar birinchi xonimlar va ayol yetakchilarning nafis liboslari namoyish etilgan o‘ziga xos moda sahnasiga aylangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing