Turkiyada prezident qarorgohi birinchi xonimlar podiumiga aylandimi? (foto)
Olam
−
08 iyul 7577 4 daqiqa
Anqaradagi NATO sammiti doirasida o‘tgan rasmiy kechki ovqat marosimi bu safar birinchi xonimlar va ayol yetakchilarning nafis liboslari namoyish etilgan o‘ziga xos moda sahnasiga aylandi. Bu haqda “Habertürk” xabar berdi.
Rasmiy qabul oqshomiga mezbonlik qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an mehmonlarni to‘q ko‘k rangdagi, milliy uslub elementlari aks etgan libosda kutib olgan. Odatda birinchi xonimlar yirik xalqaro tadbirlar va rasmiy qabullarda yangi obrazlarni tanlashga e’tibor qaratadi. Biroq Emina Erdo‘g‘an NATO sammiti doirasidagi rasmiy kechki ovqat marosimida avval ham ko‘pchilik e’tiboriga tushgan to‘q ko‘k rangli libosini yana tanladi. Turkiya birinchi xonimi ushbu libosni 9 yil avval, 2017 yil 29 oktabr kuni Turkiya Respublikasining tashkil topgan kuni munosabati Prezidentlik majmuasida o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ham kiygan edi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan birga marosimga kirib kelgan Brijit Makron qora rangdagi, tizzadan past uzunlikdagi uzun yengli libosni tanlagan. U obrazini kichik qora sumka bilan to‘ldirib, sodda va klassik fransuz uslubini namoyish etgan.
.png)
Ruminiya Prezidenti Nikushor Dan bilan tashrif buyurgan Mirabela Gradinaru moviy rangdagi uzun libosi bilan e’tiborni tortgan. Yelka qismidagi yopinchiqsimon detallar va tabiiy turmaklangan sochlari uning obraziga yengillik bag‘ishlagan.
(1).png)
Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishni kuzatib kelgan Monika Babishova oq rangdagi, yerga tushib turuvchi libosni tanlagan. Libosning yeng qismidagi hajmli bezaklar, brilliant ziraklar va oq sumka uning obrazini yanada nafis ko‘rsatgan.
(2).png)
Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy bilan marosimda qatnashgan Marta Navrotska uzun yengli qora libosda ko‘rinish bergan. Minimal aksessuarlar va ixcham sumka uning klassik uslubini to‘ldirgan.
(3).png)
Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning rafiqasi Desislava Radeva oq va krem ranglar uyg‘unlashgan midi ko‘ylakni tanlagan. Asimmetrik yoqa qismi obrazga zamonaviy ko‘rinish bergan.
(4).png)
Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever bilan kelgan Verle Xegge to‘q ko‘k atlas matodan tikilgan uzun libosni kiyishni ma’qul ko‘rgan. U obrazini nozik marjon va yelkaga ilinadigan sumka bilan yakunlagan.
(5).png)
Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stabbning rafiqasi Syuzann Innes-Stabb oq atlas bluzka va keng bichimli to‘q ko‘k shimdan iborat zamonaviy uslubni tanlagan. Uning obrazi sodda, ammo zamonaviy ko‘rinishi bilan ajralib turgan.
(7).png)
Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen oq rangdagi klassik kostyum-shimda marosimda ishtirok etgan.
(8).png)
Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni qora rangdagi kostyum-shimni yirik marjon bilan uyg‘unlashtirgan. Uning obrazi klassik va zamonaviy elementlarni birlashtirgani bilan e’tibor qozongan.
(9).png)
Kanada Bosh vazirining rafiqasi Dayana Foks Karni marsala rangdagi libos ustidan yorqin rangli kalta pidjak kiyib chiqqan. Obraz nafis soch turmagi bilan yakunlangan.
(10).png)
Kim Xe Gyon qora yubkani qizil rangdagi pidjak bilan uyg‘unlashtirgan. Yorqin rang tanlovi uning obrazini boshqalardan ajratib turgan.
(11).png)
Sloveniya birinchi xonimi uzun qora libosni kumush rangli belbog‘ bilan to‘ldirgan. Minimalistik uslub uning obrazining asosiy jihati bo‘lgan.
(12).png)
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya qora rangdagi kostyum-shimni tanlagan. Uning obrazi sodda va rasmiy uslubi bilan ajralib turgan.
(13).png)
Sharlotta Mers yorqin moviy rangdagi uzun ko‘ylakda marosimda qatnashgan. Oddiy taqinchoqlar va oqimli libos uning obraziga yengillik bag‘ishlagan.
(14).png)
Mareva Grabovski-Mitsotakis yengsiz qora uzun libosni tanlagan. Kumush rangli keng bilaguzuk va tabiiy soch turmagi uning minimalistik uslubini to‘ldirgan.
(15).png)
Ursula fon der Lyayen to‘q ko‘k va qora ranglar uyg‘unlashgan, yenglari to‘r bilan bezatilgan kechki libosda ko‘rinish bergan.
(16).png)
Chernogoriya Bosh vaziri Miloyko Spayichning rafiqasi Milena Toshich Spayich krem rangdagi uzun libosni tanlagan. Yopinchiqsimon yelka qismi, kumush ziraklar va oq sumka uning obrazini to‘ldirgan.
(17).png)
Qayd etilishicha, NATO sammitining ilk kunidagi ushbu rasmiy qabul marosimi nafaqat dunyo yetakchilari xavfsizlik va geosiyosiy masalalarni muhokama qilgan diplomatik uchrashuv sifatida, balki birinchi xonimlar va ayol liderlarning nafis obrazlari namoyish etilgan unutilmas oqshom sifatida ham tarixda qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO sammiti bahonasida Turkiyaga kelgan AQSH Prezidenti Donald Tramp Anqarada turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdog‘an bilan uchrashuvda Turkiya Rossiyaning havo mudofaa tizimlarini sotib olganidan keyin Vashington tomonidan Turkiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi