Tramp Si Szinpin nutq sözlayotgan vaqtda uxlab qoldi (video)
Olam
−
11:01 231 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Trampning Xitoydagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti vaqtida uxlab qolgani aks etgan video tarqaldi. 80 yoşli Prezident Xitoy rahbari Si Szinpin mintaqa kelajagi haqida nutq sözlayotgan paytda közlarini yumib, uxlab qola boşlagandek köringan. Bu holat sammitning jonli efirida aks etgan.
Voqea bugun, 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida ötkazilayotgan APEC sammitidagi yiğilişlardan birida sodir bölgan. “South China Morning Post” naşrining yozişiça, Si Szinpin Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga oid Xitoyning kelgusi rejalari va qaraşlarini bayon qilayotgan vaqtda Tramp ötirgan joyida mudragan.
Bu paytda yiğilişda iştirok etayotgan boşqa davlat rahbarlarining e’tibori esa nutqqa qaratilgan edi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Si Szinpinni diqqat bilan tinglab ötirgan, Kanada Boş vaziri Mark Karni va Gonkong rahbari Jon Li esa muhim fikrlarni yozib borgan. Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi ham Xitoy rahbarining nutqi davomida bir neça bor jilmaygan.
Trampning sammitdagi bu holati uning sönggi kunlardagi tiğiz xalqaro safarlari ortdan kuzatildi. U Xitoyga kelişidan oldin Filippinda bölib ötgan Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida qatnaşgan, şundan söng Şençjenga yöl olgan edi.
Şuningdek, “South China Morning Post” naşri ham Trampning bir neça kun davom etgan safarlari va diplomatik uçraşuvlardan keyin sammitdagi nutqlar vaqtida mudrab qolganini qayd etgan.
Live
Barchasi