Birinçi xonimlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
O‘zbekiston
−
23 Oktyabr 36072 2 daqiqa
“Bolalar farovonligiga investitsiya” sammitining madaniy dasturi doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva sammitda iştirok etayotgan birinçi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar bilan birgalikda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga Ziroat Mirziyoyeva bilan birgalikda Turkiya Prezidentining rafiqasi Emina Erdöğan hamda uning qizi Esra Erdöğan Albayrak, Qirğiziston Prezidentining rafiqasi Oygul Japarova va Livan Prezidentining rafiqasi Nimet Aun ham borgan.


Turkiya birinçi xonimi Emina Erdöğan özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida uşbu ziyorat haqida yozib qoldirdi.

“Samarqandda biz Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida ma’naviy sayohatga otlandik. Biz öz hayotini hadis ilmiga bağişlagan buyuk alloma xotirasini avaylab-asrab kelayotgan uşbu ajoyib maskanning tarixiy va madaniy ahamiyatiga bevosita guvoh böldik”, deydi Emina Erdöğan.

Şuningdek, Turkiyaning birinçi xonimi Islom sivilizatsiyasini bebaho asarlari bilan boyitgan hamda ta’limoti asrlar davomida insoniyatga ezgulik yölini körsatib kelayotgan Imom Buxoriyni çuqur ehtirom bilan yod etişini va Allohdan u kişini öz rahmatiga olişini sörab duo qilişini yozgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida” xalqaro sammiti doirasida Samarqandda “IMKON” markazining oçiliş marosimi bölib ötgandi. Unda Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, şuningdek, sammitda iştirok etayotgan birinçi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnaşdi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr