Emina Erdo‘g‘an turmush o‘rtog‘isiz O‘zbekistonga keldi

Olam

−

image

Turkiya Respublikasining Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi – mamlakat Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keldi. U bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva vasiyligidagi “Zamin” xalqaro fondi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Samarqandda tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammitida ishtirok etdi. 

emine-erdogan-cocuklarin-refahina-yatirim-yapmak-gelecek-nesillerin-surdurulebilir-ve-adil-kalkinmasina-giden-yol-dunya-zirvesi-nde-konustu-932033-4.webp (1200×706)

Shuningdek, sammitning nufuzli mehmonlari orasida Qirg‘iziston prezidentining rafiqasi Oygul Japarova va Livan prezidentining rafiqasi Nimet Aun, Zimbabve yetakchisining rafiqasi Oksiliya Mnangagva, Serbiya sobiq prezidentining rafiqasi Tamara Vuchich, Ozarbayjon prezidentining qizi Leyla Aliyeva va Pokiston prezidentining qizi Asifa Bxutto Zardariy ham bor. 

emine-erdogan-cocuklarin-refahina-yatirim-yapmak-gelecek-nesillerin-surdurulebilir-ve-adil-kalkinmasina-giden-yol-dunya-zirvesi-nde-konustu-932033-6.webp (1200×836)

Emina Erdo‘g‘an sammitda ishtirok etish uchun Samarqandga Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash va NUN Ta’lim va madaniyat jamg‘armasi boshqaruvi raisi Esroy Albayrak hamrohligida kelgan.

Emine Erdoğan, "Çocukların Refahına Yatırım Yapmak: Gelecek Nesillerin Sürdürülebilir ve Adil Kalkınmasına Giden Yol Dünya Zirvesi"nde konuştu 2. kare

Turkiya Birinchi xonimi ijtimoiy tarmoqlardagi postida Samarqanddagi sammitda turli mamlakatlar vakillari zamonaviy tahdidlarni hisobga olgan holda bolalar farovonligini va ularning kelajagi uchun umumiy mas’uliyatni muhokama qilganini bildirdi. 

Emine Erdoğan, "Çocukların Refahına Yatırım Yapmak: Gelecek Nesillerin Sürdürülebilir ve Adil Kalkınmasına Giden Yol Dünya Zirvesi"nde konuştu 5. kare

Erdo‘g‘an sammit davomida erishilgan birdamlik va hamjihatlik ruhi saqlanib qolishiga umid bildirdi va Ziroat Mirziyoyevaga minnatdorligini yozdi. .


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing