Eldor bir nechta o‘yinlar taqdirini bizning foydamizga hal qilib berdi – Raneri
Sport
−
10 mart 3861 1 daqiqa
“Roma” klubi murabbiyi Klaudio Raneri o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Empoli”ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini haqida gapirdi. Bu haqda u uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Shomurodov ajoyib yigit. Gol urolmagani sabab biroz kayfiyati tushdi. Men unga eng muhimi – zarur paytda, kerakli joyda paydo bo‘lish ekanini tushuntirdim. Gol o‘yindagi eng muhim hodisa, lekin uning gol urishdan ko‘ra ko‘proq foydasi tegyapti. Eldor bir nechta o‘yinlar taqdirini bizning foydamizga hal qilib berdi. Shomurodovga mening yoshim katta ekanini, butun uchrashuv davomida meni bosim ostida ushlab turmasligini aytib, bu yoshda meni ko‘p ham hayajonlantirmasligini so‘radim”, deydi Klaudio Raneri.
Ma’lumot o‘rnida, Eldor Shomurodov joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 mart kuni “Roma” A Seriya doirasida “Empoli” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Eldor Shomurodov rimliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 72-daqiqa harakat qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr