Shomurodovning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi

Sport

−

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Turkiya chempionatining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” jamoasi “Gaziantep” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchi Eldor Shomurodov gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Shomurodov uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochdi. “Istanbul Bashakshehir”ning uzoq davom etgan hujumidan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchi jarima maydonchasida to‘pni qabul qilib olib, uni darvozaga yo‘lladi.

Uchrashuvning 66-daqiqada Serdar Dursun hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada esa Shomurodov Yusuf Gyuneshga golli uzatma berdi. Ushbu gol “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi.

Shomurodov uchrashuvni to‘liq o‘tkazib, jamoasining har ikki golida ham bevosita ishtirok etdi. “Istanbul Bashakshehir”ning yana bir o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayev esa zaxirada qoldi va maydonga tushmadi.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan sakkizinchi tur uchrashuvlaridan so‘ng Turkiya Superligasida “Galatasaroy” 19 ochko to‘plagan holda jadval peshqadami bo‘lib turibdi. “Istanbul Bashakshehir” esa 11 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing