Koronavirus fonida dunyo iqtisodi jarlikka qarab ketmoqda
Olam
−
13 mart 2020
8604Bugun, 13 mart kuni Osiyo davlatlaridagi fond bozorlarida savdolar pasayish bilan boshlandi. Gonkongning asosiy indeksi HangSeng savdolar boshlanganidan 15 daqiqa o‘tib 7,36 foizga tushib ketdi. Keyinroq biroz ko‘tarildi va pasayish 6,4 foizni tashkil qildi.
Bir kun oldin HangSeng indeksi savdolar yopilishi vaqtida 3,66 foizga tushib ketgandi.
Xitoyning materik qismidagi shanxay va Shenchjen fond birjalarida savdolar pasayish bilan boshlandi. Shanghai Composite indeksi 4,16 foizga, SZSE Component esa 4,86 foizga "quladi".
Yaponiyaning Nikkei indeksi esa oldingi kunlardagidek tushishda davom etdi. Savdolar 8,5 foizlik pasaysh bilan boshlandi. Tezda 9,5 foizga yetib, psixologik 17000 punktlik nuqtadan pastga tushdi. Kunchiqar mamlakat uchun bu 1990 yil aprelidan beri eng katta yo‘qotish bo‘ldi.
Avstraliyada esa savdolar milliy ASX 200 indeksining 7,7 foizlik pasayishi bilan boshlandi. Savdolarda 406 punkt yo‘qotilib, 4698 punktlik ko‘rsatkich "zabt etildi".
Kecha, 12 mart kuni AQSHda birjalar pasayish bilan yopilgandi. Amerika indekslari 7,9-9,3 foizga tushib ketgandi. Amerikada bugungi savdolar hali boshlanganicha yo‘q.
Dunyoda neft narxi hamon beqaror bo‘lib turibdi. Brent markali neft barreliga 33,35 dollarga teng bo‘lib turibdi. WTI nefti esa 31,68 dollarga baholanyapti. Bugun Brent neftining narxi 35,6 barreliga dollargacha ko‘tarildi, biroq keyin yana tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 mart kuni Rossiya va OPEC o‘rtasida neft qazib chiqarish hajmi borasida kelishuv barbod bo‘lgach, jahon bozorida “qora oltin”ning narxi keskin tushib ketdi. Buning ortidan yirik fond bozorlarida yetakchi indekslar birin-ketin “quladi”.
Neft narxninig keskin tushib ketishi ortidan Rossiya moliya tizimi inqirozga yaqinlashdi. “Qora oltin” narxninig pst bo‘lishda davom etsa, Rossiyada byudjet taqchilligi kelib chiqishi mumkin.
Neft bozorida beqarorlik sabab Rossiya rublining dollarga nisbatan qiymati 73-74 rubl atrofida bo‘lib turibdi. 1 yevro esa 81,5 rublga teng bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi