Qozog‘iston va Rossiyada dollar narxi tobora oshib ketyapti

Olam

image
Dunyo fond bozorlari “quladi”. Tramp aybdorlar kimligini aytdi north_east

Dunyo fond bozorlari “quladi”. Tramp aybdorlar kimligini aytdi

Koronavirusning dunyoga tarqalishi fonida O‘zbekistonning sheriklari Qozog‘iston va Rossiyada dollar mustahkamlanib boryapti.

Bugun, 16 mart kuni Qozog‘istonda 1 dollar 415 tengedan 440 tengegacha ko‘tarilib ketdi. Mamlakatda bugundan favqulodda holat rejimi kuchga kirdi. Mamlakat markaziy banki yillik bazaviy stavka va foizli koridorni 12 foiz atrofida saqlab qoldi.

Qozog‘istonda dollar joriy yilning 9 mart kuni jahon bozorida neft narxi tushib ketishi ortidan dunyo fond bozorlarida “qulash” boshlanganidan beri mustahkamlanib kelyapti.

Rossiyada ham vaziyat shunga o‘xshash. Mamlakatda Markaziy bank o‘rnatgan rasmiy kurs quyidagicha: dollar - 74,13 rubl, yevro - 82,74 rubl.

Ammo Moskva birjasida dollar 75 rublgacha ko‘tarilib ketdi. Yevro esa 84,2 rublga teng bo‘lib turibdi.

Rublning qadrsizlanishi jahon bozorida neftning arzonlashishi bilan parallel yuz beryapti. Londondagi ICE birjasida Brent markali neft narxi 6,8 foizga arzonlashib, barreliga 31,55 dollarga teng bo‘ldi. WTI nefti esa 4,7 foizga arzonlashib, bir barreli 30,59 dollarga baholanyapti.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Qozog‘istonda milliy valyutaning qadrsizlanishi bu yerdagi o‘zbekistonlik migrantlarning uyiga jo‘natayotgan puliga jiddiy ta’sir qiladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda ham so‘m bir necha hafta davomida mustahkamlanganidan keyin dollarning kursi ko‘tarila boshlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

rubl' neft' fond bozori tenge

Baholaganlar

270

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing