Dog‘istonda terrorchilikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olindi
Olam
−
01 aprel
4145Kecha, 31 mart kuni Dog‘istonda maxsus xizmatlar aksilterror operatsiyasini o‘tkazgan edi. Ushbu tezkor tadbir davomida uch nafar qurolli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 05:30 atrofida Kaspiysk shahri va Dog‘iston poytaxti Maxachqal’aning ikki tumanida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etilgan. Hududlar o‘rab olinib, bir qator uylar aholisi evakuatsiya qilingan.
Moskvadagi teraktdan keyin xavfsizlikni kuchaytirish doirasida Dog‘istonda 3 nafar terrorchilar aniqlangan. Ulardan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va foydalanishga yaroqli qo‘lbola portlovchi moslama musodara qilingan.
Respublika rahbari Sergey Melikovning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilardan topilgan narsalar ushlanganlar tomonidan respublika hududida terrorchilik jinoyatlarini rejalashtirish ehtimolidan dalolat beradi. Uning qayd etishicha, aksilterror operatsiyasi vaqtida mahalliy aholidan hech kim jabrlanmagan, xavfsizlik kuchlari orasida qurbonlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 22 mart kuni Moskvadagi “Krokus Siti Holl” binosida terakt sodir bo‘lgandi. 23 mart kuni FXX jinoiy ish bo‘yicha tergov doirasida 11 kishi hibsga olingani haqida xabar berdi. Tergovga ko‘ra, ulardan to‘rt nafari to‘g‘ridan to‘g‘ri terakt uyushtirishda, yana uch nafari terrorchilarga kvartira va mashina bilan yordam berganlikda ayblangan.
LiveBarchasi