Dog‘istonga yangi Bosh vazir tayinlandi

Olam

image

Dog‘iston hukumati raisi vazifasini bajaruvchi Magomed Ramazonov respublika Bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Hukumat saytida xabar berildi. 

Joriy yilning 6 aprel kuni Dog‘iston rahbari vazifasini bajaruvchi Fyodor Shukin respublika hukumatini iste’foga chiqardi va mintaqa hukumati raisi vazifasini vaqtincha bajarishni Ramazonovga topshirgandi. Bugun, 13 may kuni Dog‘iston parlamenti deputatlari Ramazonovni respublika Bosh vaziri etib tayinlashga bir ovozdan rozilik berdi.

“Magomed Ramazonov Dog‘iston hukumati raisi etib tayinlandi. Tegishli farmon bugun viloyat rahbari vazifasini bajaruvchi Fyodor Shukin tomonidan imzolandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Dog‘iston rahbari Sergey Malikovni iste’foga chiqarish haqidagi farmonni imzoladi. 

Respublika parlamenti spikeri Zaur Askenderov mintaqa rahbari lavozimiga Dog‘iston Oliy sudi raisi Fyodor Shukin nomzodini taklif qilgan. Respublika hukumati rahbarligiga esa Prezidentning Uzoq Sharq federal okrugidagi (USHFO) vakolatli vakili o‘rinbosari Magomed Ramazonovni qo‘yish taklif etilgan. U ilgari Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining korrupsiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi “K” boshqarmasi xodimi bo‘lgan. Askenderov “bunday tandem muvaffaqiyatli bo‘lishi” haqida fikr bildirgan. Putin har ikki nomzodni qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot uchun, Dog‘iston (Dog‘iston Respublikasi) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Shimoliy Kavkazning sharqiy qismida, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston Magomed Ramazonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing