Dog‘istonda yirik ko‘chki sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 16 aprel kuni Dog‘istonning tog‘li hududidagi Levashin tumani Quyi Ubekimaxi qishlog‘ida katta ko‘chki yuz berdi. Bu haqda “Baza” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chkining uzunligi bir necha kilometrni tashkil etgan. Hodisa hududda kuchli yog‘ingarchiliklar fonida yuz bergan bo‘lib, tabiiy ofatning ko‘lami katta ekani aytilmoqda. Ko‘chki qayd etilgan videolarda ba’zi uylarning ham butunlay qulab tushgani aks etgan.

Joriy yilning 13 aprel kuni mazkur aholi punkti joylashgan hududda ob-havo keskin yomonlashgani sababli favqulodda vaziyat yana uzaytirilgan. Ushbu chora favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, Dog‘iston 2026 yil bahorida mamlakat tarixidagi eng kuchli yog‘ingarchiliklar bilan yuzlashdi. Oqibatda bir qator hududlarda kuchli sel oqimlari kuzatildi, suv omborlari to‘lib-toshdi. Hozirda hududda qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda, zarar ko‘rgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 aprelga o‘tar kechasi kuchli yomg‘irlar tufayli Dog‘istondagi suv toshqini boshlangan edi. Shahar va qishloqlarda uylarni suv bosdi, hududda suv va elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi. Tog‘larda ko‘chki va sel hodisalari kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida olti kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘ldi. Toshqindan 6 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 9 apreldagi ma’lumotlariga ko‘ra, Dog‘istonning sakkizta aholi punktida 1091 ta turarjoy binosi, 1146 ta tomorqa yer uchastkasi va 70 ta yo‘l qismi suv ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

yog'ingarchilik Dog'iston yirik ko'chki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing