Peskov Kiyevni xalqaro terrorchilikda aybladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyev “terrorchilik faoliyati” geografiyasini tobora kengaytirayotganini da’vo qildi. Bu haqda u bugun, 28 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ukraina jangchilarining Iroqdagi vaziyatni beqarorlashtirishdagi ehtimoliy ishtiroki haqidagi savolga javoban ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”sini muvaffaqiyatli yakunlash zaruratini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

“Ko‘rib turibmizki, Kiyev rejimi terrorchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Ortga nazar tashlasak, u o‘zining terrorchilik faoliyati geografiyasini muntazam ravishda kengaytirib bormoqda”, degan Kreml vakili.

Uning da’vo qilishicha, Ukraina avval ham Germaniyadagi “Shimoliy oqim” gaz quvurlarining portlatilishi, Qozog‘istondagi Kaspiy quvur konsorsiumi infratuzilmasiga yetkazilgan zarar hamda Eron kemasiga qilingan hujumlarga aloqador bo‘lgan.

Peskovning fikricha, Kiyevning bunday harakatlari Rossiya tomonidan olib borilayotgan “maxsus harbiy operatsiya”ni muvaffaqiyatli davom ettirish va yakunlash zarurligini tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH va Ukraina o‘rtasida muhokama qilinayotgan havo sulhi taklifiga munosabat bildirib, bu haqda gapirishga hali erta ekanini aytgandi. Unga ko‘ra, Moskva yangi tashabbuslarni faqat Rossiya manfaatlariga mos kelsagina ko‘rib chiqadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing