Qozog‘istonda maktablar terrorchilik xavfi bo‘yicha baholandi
Olam
−
08:56 488 1 daqiqa
Qozog‘istonda mavjud 8 028 ta maktabning 6 254 tasi terrorchilik tahdidi nuqtai nazaridan himoya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlar sifatida belgilandi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu toifadagi maktablarning barchasi terrorchilikka qarshi xavfsizlik talablari asosida jihozlangan.
Jumladan, ularda videokuzatuv kameralari, xavotir tugmalari, litsenziyaga ega qo‘riqlash xizmati hamda kirishni nazorat qilish tizimlari bo‘lishi kerak.
2025 yil oxirida Qozog‘iston Ta’lim va Ichki ishlar vazirliklari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mamlakatdagi barcha maktablarni tekshirgan. Unga ko‘ra, 6 254 ta maktabning barchasi belgilangan terrorizmga qarshi xavfsizlik talablariga javob berishi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, maktablarda o‘qituvchilar, xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha har olti oyda kamida ikki marta o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailandning Bangkok shahri yaqinidagi maktabda o‘quvchi otishma sodir etib, bir o‘qituvchini o‘ldirgandi va yana 4 kishini yaralagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi