Tailandda o‘quvchi avval ustozini, so‘ng o‘zini otib o‘ldirdi (video)
Olam
−
11:48 1417 2 daqiqa
Bugun, 7 avgust kuni Tailandning Bangkok shahri yaqinidagi maktabda o‘quvchi otishma sodir etib, bir o‘qituvchini o‘ldirdi va yana 4 kishini yaraladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi voqeadan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
Qayd etilishicha, hodisa Nontxaburi provinsiyasining Bangkruay tumanida sodir bo‘lgan. Nontxaburi provinsiyasi politsiya qo‘mondoni, podpolkovnik Dechrapeye Kongdeyening so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar borligi tasdiqlangan. Uning aytishicha, otishma sodir etganlikda gumon qilinayotgan o‘quvchi keyinchalik o‘z joniga qasd qilgan.
Favqulodda xizmatlar tarqatgan fotosuratlarda Bangkokning shimoli-g‘arbiy chekkasida joylashgan Debsirin Nonthaburi maktabidan o‘quvchilar chiqib ketayotgani, voqea joyida tez yordam mashinalari ishlayotgani aks etgan. Suratlarning birida bir kishining tez yordam mashinasidan tashqarida zambilda yotgani, yana bir jabrlanuvchiga tibbiyot xodimi yordam ko‘rsatayotgani ko‘ringan. Biroq hodisa sabablari haqida hali ma’lumot berilmagan.
Guvohlardan birining aytishicha, o‘quvchilar boshqa binodan o‘q ovozlarini eshitganlarida sinfxonada yashirinib olgan, keyin esa politsiya xodimlari eshikni taqillatib, ularning binodan chiqib ketishiga yo‘l ochgan.
Tuman ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 o‘quv yilida maktabda qariyb 3 100 nafar o‘quvchi tahsil olgan va 147 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning shimoliy qismidagi Akri shtatida 13 yoshli o‘quvchi maktabda sodir etgan otishma oqibatida ikki ayol halok bo‘lib, yana ikki kishi jarohat olgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust