Disney iqtisodiy yo‘qotishlarni boshdan kechirmoqda
Madaniyat-san’at
−
11 avgust 2023
3861Disney 1 iyul kuni yakunlangan uchinchi chorak uchun xarajatlar miqdorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya bu chorakda davom etayotgan ommaviy ish tashlashlar bilan bog‘liq muammolar hamda qayta qurish xarajatlari sabab iqtisodiy zararni boshdan kechirdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Bundan tashqari, kompaniya ikkinchi chorakda AQSH va Kanadadagi mahalliy abonentlarni yo‘qotdi. Umumiy hisobda bu chorakdagi yo‘qotish 4 millionni tashkil qiladi. Uchinchi chorakka kelib esa, xalqaro mijozlar soni 146,1 millionga yetdi, bu ikkinchi chorakda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 157,8 million obunachidan 7,4 foizga kam. Shuningdek, Disney mamlakat ichida har ikki chorakda 300 ming abonentni yo‘qotgan.
Kompaniya bir martalik to‘lovlar va ba’zi kamchiliklar sabab 2,65 milliard dollar zarar ko‘rgan va bu kompaniyani kamdan-kam uch oylik iqtisodiy inqirozga duchor qilgan. 1 iyulda yakunlangan chorakda "Disney" 460 million dollar yoki har bir aksiya uchun 25 sent sof zarar ko‘rdi.
“So‘nggi filmlarimizning namoyishi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchradi va biz buni yengil qabul qilmaymiz. Siz kutganingizdek, biz filmlarning sifatini yaxshilashga e’tibor qaratmoqdamiz. Men studiya bilan yaqindan ishlayapman”, dedi kompaniya direktori Bob Iger.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik aktyorlar uyushmasi SAG-AFTRA va uning muzokarachilari 12 iyul kuni Gollivud studiyalari (ular orasida Disney ham bor) bilan kelishuvga erishib bo‘lmagani sabab ish tashlashni tavsiya qildi. Keyinchalik Mualliflar gildiyasi sun’iy intellekt kompaniyalarini ularning mualliflik materiallaridan noqonuniy foydalanganlikda ayblab, to‘lov talab qildi.Ushbu mitinglar fonida aktyor va yozuvchilar film premeralari va tadbirlariga tashrif buyurmay qo‘ydi. Natijada Gollivudning doim yulduzlar bilan gavjum bo‘ladigan festivallari huvillab qoldi.
LiveBarchasi