Nepaldagi suv toshqinlari mamlakat byudjeti uchun qanchaga tushdi?

Olam

image

Joriy yilning 26 avgust kuni Nepalda yuz bergan halokatli suv toshqinlari oqibatida uy-joylar, infratuzilma va boshqa mulklarga yetkazilgan zarar kamida 387,5 mlrd Nepal rupiyasi (2,56 mlrd dollar)ni tashkil etdi. Bu haqda Nepal Milliy tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish boshqarmasi rahbari Dxarma Raj Upreti Reuters’ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan keyingi dastlabki to‘rt oylik tiklash ishlari uchun yo‘llarni qayta qurish, vaqtinchalik boshpanalar barpo etish, ichimlik suvi ta’minotini yo‘lga qo‘yish va elektr energiyasini tiklashga taxminan 52,6 mln dollar kerak bo‘ladi.

Upreti bu raqamlar hozircha dastlabki hisob-kitob ekanini aytib, baholash turli tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilganini bildirgan. Uning qayd etishicha, tez orada zararning batafsil bahosi o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, Nepal toshqinlardan zarar ko‘rgan hududlarda qariyb 20 mingta uyni qayta qurishi kerak. Shundan kamida 7,5 mingta uy butunlay vayron bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 avgust kuni muzlikning qulashi oqibatida muz, tosh va loy Trishuli daryosi bo‘ylab oqib tushgan. Nepalning Xitoy bilan chegaradosh hududida yuz bergan ushbu tabiiy ofat shahar va qishloqlarni vayron qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 1 250 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan, 4 200 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qolgan, minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nepalda vayronkor sel oqibatlarini bartaraf etish va gidroelektr stansiyalari tunnellarida qolib ketganlarni qidirish ishlarida 500 dan ortiq muhandisdan iborat WhatsApp guruhi qutqaruvchilarga real vaqtda texnik ko‘mak berayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing