Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqib ketishi ortidan milliardlar yo‘qotdi

Olam

image

Yevroosiyo banki 2025 yilning moliyaviy hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatishi natijasida 5 milliard tenge zarar ko‘rdi. Bu haqda bankning auditorlikdan o‘tgan moliyaviy hisobotida ma’lum qilingan.

Bank 2024 yilning yozida O‘zbekistondagi sho‘’ba banki kapitaliga 7,56 milliard tenge sarmoya kiritgan. Hisob-kitoblarda ma’lum bo‘lishicha, shu mablag‘ning 5 milliard tengesi yo‘qotilgan.

“2025 yil avgust oyida bank rahbariyati O‘zbekistondagi faoliyatni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. 5 milliard tenge miqdoridagi zarar bankning konsolidatsiyalashgan foyda va zarar hisobotiga kiritildi”, deyiladi hujjatda.

O‘zbekiston Markaziy banki Yevroosiyo banki shu’ba korxonasini 2024 yil 11 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazgan va unga bank litsenziyasini bergan edi. 2024 yil 17 iyulda Yevroosiyo banki O‘zbekistondagi shu’ba korxonasi kapitaliga 200 milliard o‘zbek so‘mi (7,56 milliard tenge) miqdorida mablag‘ ajratgan. 2024 yilning oxirida shu’ba korxonaga investitsiyalarning balans qiymati 7,56 milliard tengega baholangan, 2025 yil oxirida esa, u nol tengega teng bo‘lgan.

Bankning O‘zbekistondagi faoliyati 2025 yil avgust oyida O‘zbekiston Markaziy banki Qozog‘istonning Yevroosiyo bankining shu’ba korxonasi litsenziyasini minimal ustav kapitali talablariga javob bermagani uchun bekor qilgan. 2025 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, bank kapitali 104 milliard so‘mni (45,8 milliard tenge), minimal chegara esa – 500 milliard so‘mni (220 milliard tenge) tashkil etgan.

Bankning kreditlari yoki omonatlari bo‘lmagan va uning faoliyati zarar bilan yakunlangan. Korxona 2024 yilning dastlabki to‘qqiz oyida 12,6 milliard so‘m (5,5 milliard tenge) va 2025 yilning birinchi yarmida 51,6 milliard so‘m (22,7 milliard tenge) zarar ko‘rgan.
Moliyaviy muassasa avtomobil va kreditlash xizmatlarini taklif qilishni, shuningdek, boshqa segmentlarda ham ofislar orqali, ham onlayn faoliyat yuritishni rejalashtirgan edi.

“O‘zbekiston bankiga investitsiyalarni to‘xtatish regulyatori (O‘zbekiston Markaziy banki)ning rasmiy bildirishnomasidan ancha oldin rahbariyat va direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan”, deb ta’kidlagan bank.

Bank sarmoyadorlari va foydasi 2025 yilda Yevroosiyo bankning foizli daromadlari 306,96 milliard tengeni tashkil qilgani aytiladi tahlilda. Sof foyda esa – 25,4 milliard tenge bo‘lgan. 2024 yildagi foizli daromadlar ko‘rsatkichi – 329,56 milliard tengeni tashkil etgan bo‘lsa, sof foyda 82,7 milliard tenge bo‘lgan.

2026 yil 7 aprel holatiga ko‘ra, bank aksiyalarining 100 foizi Yevroosiyo finans korxonasiga tegishli bo‘lgan.
YeFKning asosiy aksiyadorlari Alla, Larisa, Anna Mashkevichlar, Shuxrat Ibragimov va Patox Shodiyev bo‘lgan. Alla, Larisa va Anna marhum Aleksandr Mashkevichning vorislari hisoblanadi.

Shuxrat Ibragimov oilasi esa, Eurasian Resources Group asoschilaridan biri bo‘lgan marhum Alijon Ibragimovning merosxo‘rlaridan. Forbes reytingiga ko‘ra, Ibragimovlar oilasi 1,677 milliard dollar boylik bilan Qozog‘istonning eng boy insonlari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing