Diqqat! Rossiyadagi sanoat korxonalarining 75 foizida ishchi yetishmayapti

Olam

image

Rossiyadagi sanoat korxonalarining 75 foizi ishchi kuchi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Bu haqda “Rossiyskaya Gazeta” xabar berdi

Qayd etilishicha, mamlakatda metall kesish stanogi ishchilari, tokarlar, slesarlar va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyasi operatorlari yetishmasligi kuzatilmoqda. 

Bu bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i ishchi kuchining yetishmasligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Rossiyada butun sanoat ishlab chiqarishining 75 foizida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda. 

Ish beruvchilarning 95 foizi ishchi kuchi yetishmasligi maummosi yil davomida aniqroq sezilib borayotganini tasdiqlagan. 90 foiz holatda korxonalar malakali ishchilarga, uchdan biridan ko‘prog‘i esa past malakali ishchilarga ehtiyoj sezmoqda. 

Tadqiqotga ko‘ra, yosh kadrlar oqimi yetarli emasligi sababli ishlab chiqarishdagi ishchilarning o‘rtacha yoshi o‘sishda davom etyapti. Shunday qilib, respondentlarning 79 foizi o‘z korxonasida 35 yildan ortiq ishlaganini aytgan. 

Ta’kidlanishicha, kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq muammo ish joyidagi yomon sharoit yoki ish haqining pastligi bilan bog‘liq emas. Aksincha, sanoat korxonalarining atigi 10,5 foizigina yil davomida ish haqini oshirmagan, 42,1 foizi esa 2023 yilda ish haqini 10-12 foizdan ko‘proqqa oshirgan. 

Mazkur tadqiqot metallurgiya, mashinasozlik, tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchi 100 ta korxonada, joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya kinosanoatida kadrlar taqchilligi kuzatilayotgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, mamlakat savdo-sotiq, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yetishmayotgan kadrlar o‘rnini to‘ldirish uchun Shimoliy Koreyadan qo‘shimcha ishchilar oqimini jalb qilishi mumkinligi aytilgandi

Kadrlar taqchilligiga esa asosiy sabab sifatida Rossiyada tug‘ilish darajasining pasayib ketgani ko‘rsatilmoqda. Shu maqsadda mamlakat yetakchisi Vladimir Putin ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash Rossiya kelajagi uchun muhim ekanini aytgandi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning “o‘ng qo‘li” Apti Alaudinov ham ruslarni beshtadan farzand ko‘rishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanoat korxonalari kadrlar taqchilligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing