Rossiyadan çiqarib yuborilgan migrantlar soni uç baravar oşdi

Olam

−

image

Rossiyada joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida 143,1 ming nafar xorijlikni mamlakatdan ma’muriy çiqarib yuboriş böyiça qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengaşi apparati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida xorijlik fuqarolarga nisbatan 1,8 millionta ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylaştirilgan. Şuningdek, 78,7 ming nafar xorijlikning Rossiyada vaqtinça böliş muddatini qisqartiriş töğrisida qaror qabul qilingan. Bu körsatkiç ham 2025 yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar köp.

Hisobot davrida qariyb 4,8 ming nafar xorijlik deportatsiya qilingan. Bundan taşqari, 290,8 ming nafar şaxsga Rossiyaga kiriş uçun ruxsat berilmagan.

Ma’lumotlarga köra, 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyaga 6,9 million nafar xorijlik va fuqaroligi bölmagan şaxs kirgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 9 foiz kam. Ularning 4,7 millioni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo mamlakatlar fuqarolari bölgan.

Şuningdek, Rossiyada vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma olganlar soni 17,1 foizga kamayib, 19,5 ming nafarni, yaşaş guvohnomasi olganlar soni esa 43 foizga kamayib, 58,5 ming nafarni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakatga qarindoşlari bilan kelgan xorijiy işçilar ular uçun soliq tölaşi şart bölişini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing