Putin Rossiyaning asosiy vazifasi nimaligini aytdi
Olam
−
02 iyun 2023
12665Ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash Rossiya hukumati uchun ustuvor vazifadir. Bu haqda Kreml sayti Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga asoslangan holda ma’lum qildi.
“Davlat rahbari “Ota-ona shon-sharafi” ordeni bilan taqdirlangan oilalar bilan suhbatlashar ekan, bu vazifani amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, turli dasturlar izchil ishlab chiqilayotganini ta’kidladi”, deyildai xabarda.
Putin ko‘p bolali oilalarni qo‘llash mamlakat kelajagi uchun muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
“Onalik, bolalik, oilalar, ayniqsa ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash davlatning eng muhim vazifasi, mamlakat kelajagi uchun ishlashdir”, deya ishontirgan Putin.
Ta’kidlash joiz, Rossiyada so‘nggi vaqtlarda bola tug‘ilishi keskin kamayib ketgani hukumat vakillari va mutaxassislarning tashvishlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Avvalroq, Davlat Dumasining Oila, ayollar va bolalar masalalari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Tatyana Butskaya yosh oilalar uchun yotoqxonalar yoki ijaraga beriladigan uy-joylar ajratishga chaqirgan edi.
“Oilaviy yotoqxonalar har bir universitetda bo‘lishi kerak. Oila uchun alohida xona ajratish va u yerda bola bilan yashashingiz uchun. Afsuski, hali hamma joyda ham shunday emas”, deydi u.
Demograf Yuriy Krupnovning aytishicha, hozirda Rossiyada har bir oilaga 1,5 tadan bola to‘g‘ri keladi. U bu holatni nazariy jihatdan ruslar tarixining tugashi deb baholagan. Krupnov buning oldini olish uchun har bir oila 2-3 tadan farzand ko‘rishga harakat qilishi kerakligini maslahat bergan.
Aytilishicha, kecha, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Vladimir Putin “Ota-ona shon-sharafi” ordeni bilan taqdirlangan oilalar bilan videokonferensaloqa orqali suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Chechenistonning “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni, Ramzan Qodirovning o‘ng qo‘li Apti Alaudinov ruslarni beshtadan farzand ko‘rishga chaqirgandi. U rus xalqini Rossiyaning asosi deb atagan va ular ko‘proq farzand ko‘rmasa, 50-100 yildan keyin yo‘q bo‘lib ketadigan millatga aylanib qolishlaridan ogohlantirgandi.
LiveBarchasi