Generallar Putinni SI-videolar bilan aldayapti – FT
Olam
−
21:11 1161 3 daqiqa
Rossiya armiyasi qömondonligi mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi reallikda mavjud bölmagan ğalabalar haqida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta roliklarni berayotgan bölişi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidentiga yaqin manbalarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.
FT suhbatdoşlarining sözlariga köra, Putinning jang maydonida ğalabaga erişiş borasidagi qat’iyati generallarni öz zafarlari kölamini börtirtirib körsatişga undamoqda.
“Kimdir biror aholi punktini egallagani haqida hisobot bersa, bu bilan polkovnik oldida maqtanadi, u – general oldida, general – general-leytenant oldida, u esa Boş ştabga va Boş ştab – boş qömondonga yetkazadi. Ularning barçasi hisobot berişga ulgurguniça, biznikilar allaqaçon çekingan bölişadi”, deydi gazeta suhbatdoşlaridan biri.
Uning sözlariga köra, şundan söng oldingi pozitsiyalar egallangani haqidagi yolğon dokladlarga asoslanib, keyingi pozitsiyalarga hujum qiliş töğrisida buyruqlar keladi, vaholanki, aslida u yerda Rossiya qöşinlari bölmaydi.
“Şu sababli ikkala tomon ham juda katta yöqotişlarga uçramoqda. Mana şuning uçun Stalin bunday qilmiş uçun otib taşlagan”, deya qöşimça qilgan manba.
Naşrning yozişiça, Ukrainadagi muayyan aholi punktlari egallangani haqidagi soxta SI-videolar soni allaqaçon önlab körsatkiçni taşkil etmoqda va agar ilgari ular Z-bloglarda paydo bölgan bölsa, endilikda rasmiy axborotlarning bir qismiga aylangan. Xususan, oktyabr oyi örtalarida Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk viloyatidagi muhim şahar bölgan Dobropoledagi şikastlangan bino oynasidan Rossiya bayroğini hilpiratayotgan askar aks etgan kadrlarni e’lon qildi. U
“Uşbu kadrlar, şubhasiz, montaj qilingan, çunki “videodagi bayroq öz pozitsiyasini keskin özgartiradi” va buni faylning siqilişi yoki kamera “şovqini” bilan izohlab bölmaydi”, deydi FT naşriga “Conflict Intelligence Team” rahbari Ruslan Leviyev.
ISW tahlilçilari iyun oyidan avgust oyigaça bölgan davrda SI yordamida soxtalaştirilgan bölişi mumkin bölgan kamida 35 ta videoni hisoblagan. Ulardan 10 tasi yuqori darajadagi işonçlilik bilan soxta deb aniqlangan. Bunday videolarda kamida 10 ta polk va brigada jangçilari aks ettirilgan. SIni aniqlaş uçun mavjud dasturlarning imkoniyatlari çeklangani hisobga olinsa, soxta yozuvlarning umumiy soni, ehtimol, bundan ham yuqoriroq.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning oktyabr oyi Ukrainadagi Rossiya armiyasi uçun halok bölgan va yarador harbiylar soni böyiça yangi rekord bilan yakunlangani, xususan, Rossiya qöşinlari umumiy hisobda 54 mingga yaqin odamini yöqotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi