Rossiya Ukraina bilan uruşda soatiga 70 askarini yöqotyapti – “Bloomberg”

Olam

−

image

Joriy yilning oktyabr oyi Ukrainadagi Rossiya armiyasi uçun halok bölgan va yarador harbiylar soni böyiça yangi rekord bilan yakunlandi. Rossiya qöşinlari umumiy hisobda 54 mingga yaqin odamini yöqotdi. Bu haqda Yevropa razvedkalari ma’lumotlariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, keça, 1 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy halok bölganlar va yaradorlar soni bir oyda 54,4 ming kişini taşkil etganini e’lon qilgan. Yevropa rasmiylarida ham şunga öxşaş ma’lumotlar bor. Şu bilan birga, yöqotişlar orasida halok bölganlarning uluşi ham rekord darajaga yetgan.

“Kreml tomonidan Donbassni nima qilib bölsa ham egallaş vazifasi qöyilgan Rossiya Boş ştabi generallari haftasiga örtaça 12 ming, kuniga 1,7 mingdan ortiq va soatiga 70 dan ortiq odamini yöqotgan”, deyiladi “Bloomberg” xabarida.  

AQŞning Uruşni örganiş instituti (ISW) baholaşiça, şunga qaramay, Rossiya armiyasi oktyabr oyini ketma-ket ikkinçi oy hududlarning sof yöqotilişi bilan yakunlagan – taxminan 160 kv km. Sentyabr oyida ham Rossiya armiyasi nazorati ostidagi hudud 80,8 kv km ga qisqargan.

Ötayotgan yilning 10 oyi yakunlariga köra, Rossiya generallari tomonidan uyuştirilgan rekord darajadagi “göştli hujumlar”ga qaramay, Ukraina 1 yanvar holatiga köra nazorat qilgan hududining bor-yöği 0,2 foizini yöqotgan. “DeepState” hisob-kitoblariga köra, oktyabr va sentyabr oylarida Rossiya armiyasi oyiga 7 mingga yaqin “hujum harakatlari”ni amalga oşirgan, avgustda esa bu körsatkiç 8 mingga yaqinni taşkil etgan. Bu ötgan yilgidan 18-30 foizga köp.

“The Economist” hisob-kitoblariga köra, oktyabr oyi oxirida Ukrainada halok bölgan rossiyalik harbiylar soni 770 ming kişiga yetgan bölişi mumkin. Bu Ijevsk (616 mingdan ortiq kişi), Barnaul (622 mingdan ortiq) yoki Tolyatti (660 mingdan ortiq) kabi şaharlar aholisining umumiy sonidan köp va Yakutsk hamda Bryansk şaharlari aholisining birgalikdagi soniga teng degani.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing