Özbekiston terma jamoasi yaxşi jamoa – Safonov
Sport
−
12:38 318 1 daqiqa
Rossiya terma jamoasi va PSJ klubi darvozaboni Matvey Safonov Özbekiston milliy terma jamoasini yaxşi jamoa ekanligini aytdi. Bu haqda Safonov Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuvdan söng jurnalistlarga bergan intervyusida gapirdi.
Uning aytişiça, Özbekiston terma jamoasi yaxşi öyin namoyiş etgan. Mezbonlar uçraşuvni faol boşlab, yuqori pressing qöllagan va ayrim vaziyatlarda Rossiya jamoasidan ham yaxşiroq köringan.
“Özbekiston terma jamoasi yaxşi jamoa. Ular öyinni yaxşi boşladi, faol pressing qölladi va ayrim vaziyatlarda bizdan yaxşiroq körindi. Biz raqibning bosimini his qildik”, deydi Safonov.
Keça, 12 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan xalqaro örtoqlik uçraşuvida Rossiya terma jamoasi Özbekistonni 3:2 hisobida mağlub etdi. Özbekiston uçraşuvning 70-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida oldinda borayotgan bölsa-da, yakunda ğalabani qöldan boy berdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyadan uçralgan mağlubiyatni ğalabani erta nişonlaş bilan izohlagandi.
Live
Barchasi